Ko'p ishlatiladigan lo'g'at so'zlar
Ko'p ishlatilatigan so'zlar!
Algoritm
Aslida algoritm deb masalani yechish uchun qonunlar to’plamiga aytiladi. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda bu so’z biror bir ma’lumotni sizga aloqadorligi yuqoriligiga qarab yetkazib berishga aytiladi. Masalan, YouTube tarmog’ida “uzbek kino” deb qidirgan bo’lsangiz, keyingi safar YouTube sahifangizda “uzbek kino”ga aloqador videolarni “YouTube algoritmi” sizga taklif qilishni boshlaydi.
Analitika (tahlil)
Analitika bu sizga berilgan “data” yoki ma’lumotlarni tahlil qilish, undagi bog’liqlikni topish va tushunishga aytiladi. Har bir ijtimoiytarmoqni o’zining “analitika” bo’limi mavjud va shu bo’lim orqali siz joylayotgan “kontent”ning o’sish yoki pasayish darajasini ko’ribturishingiz mumkin. Masalan, siz joylayotgan kontentlarga obunachilaringiz qanchalik qiziqish bildirishyapti va siz bu qiziqishlarni“ ko’rishlar soni”, “yaxshi ko’rishlar soni”,“izohlar”, va shunga o’xshash ma’lumotlar orqali aniqlab olishingiz mumkin. Bu bo’limni yaxshi tushunishingiz ijtimoiy tarmoqlarda“ o’sish strategiyasini” tuzishingiz uchun katta yordam beradi.
Avatar
Ijtimoiy tarmoqlarda profilingizga qo’yilgan va sizni yoki brendingizni anglatib turadigan rasmga aytiladi. U logo, abstrakt rasm, yoki haqiqiy rasmingiz bo’lishi mumkin
B2B (Business-to-Business)
Ingliz tilida aytilishi (bitubi). Ma’nosi biror birbiznes boshqa biznesga servis yoki mahsulotini sotish jarayonini anglatadi.Masalan konsulting kompaniya o’z servisini ishlab chiqaruvchi biznesga sotish.
B2C (Business-to-Consumer)
Ingliz tilida aytilishi (bitusi). Ma’nosi biror bir biznes o’z mahsuloti yoki servisini haridorga to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonini anglatadi.Masalan, SM Academy maktabi o’z online kurslarini o’quvchilarga sotishi.
Brand awareness (Brend habardorligi)
Haridorlarning servis yoki mahsulotingiz haqida habardorlik darajasi.
Bio
O’zingiz yoki biznesingiz haqida qisqacha
ma’lumot yoki tushuncha berish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ajratilgan maxsus bo’lim.
Clickbait
Yolg’on ma’lumot, rasm yoki mavzu bilan kuzatuvchilar e’tiborini jalb qilish va ularni o’sha kontentga “click” yoki o’ziga og’dirishga aytiladi.
CTR (click through rate)
CTR bu siz joylagan kontentni ko’rib uni ustiga “click” yoki bosgan kuzatuvchilarni foizini aniqlashga aytiladi. Masalan,YouTubeda 50 ming odamda videoilaringiz taasurot uyg’otdi va undan 5000 tasi videoingiz ustiga bosib kirdi.CTR ni hisoblash uchun(clicklar soni/taasurot)x 100Yuqoridagi misol: (5000/50000)x100 =10%(CTR)
CVR (Conversion rate)
Ijtimoiy tarmoqlarda CVR bu sizni joylagan kontentingizni ko’rgan kuzatuvchini o’sha kontentga nisbatan qilgan harakatining foiziga aytiladi. Masalan siz biror bir mahsulotingizni reklama qiluvchi post joyladingiz va shu postni ko’rgan necha foiz kuzatuvchi, o’sha mahsulotingizni sotib oldi. Mana shujarayonni CVR orqali kuzatishingiz/o’lchashingiz mumkin
CPC (cost-per-click)
Aytaylik siz ijtimoiy tarmoqlarda “pullik reklama” joyladingiz. Huddi shu reklamangiz ustiga har bir “click” uchun sizga nech pulga tushayotganligini ko’rsatgichi. CPC ni avtomatik yoki o’zingiz belgilagan holda amalga oshirishingiz mumkin.
DM (direct message)
Aksariyat ijtimoiy tarmoqlarning DM yoki shaxsiy xabar yuborish uchun maxsus joylari bor. Ana shu yerda yuborilgan shaxsiy xabarga DM deyiladi.
Engagement rate (Jalb qilish darajasi)
“Engagement rate” bu siz ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan har bir kontentning jalb qilish darajasini ko’rsatib beruvchi metrikalardanbiridir. Buni hisoblash uchun (jalb etilgan
insonlar soni/kontentni ko’rgan insonlar soni) Agar sizda “engagement rate” qanchabaland bo’lsa demak siz joylayotgankontentning sifatli yoki jalb etuvchiekanligidan dalolatdir.
Evergreen content (Eskirmaydigan kontent)
O’z nomidan ko’rinib turganidek, ba’zi kontentlar ma’lum bir vaqt oralig’ida foydali va undan so’ng yaroqsizga aylanadi. Evergreen content esa ko’pincha juda ham uzoq muddat yoki hech qachon o’z yaroqliligini yo’qotmaydi.
Feed
Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar tomonidan yaratilgan kontentlar ketma-ketligiga aytiladi
Hashtag (heshteg)
Heshteglar o’zingiz yaratgan kontentni bir yoki bir necha mavzudagi boshqalar yaratgan kontentlar bilan ulash uchun ishlatiladi.Masalan siz #tashkent deb yozsangiz, huddishu heshtegni o’z izohlarida ishlatgan boshqalar bilan bir qatorda turishga imkoniyat yaratadi.
Impression (taasurot)
Impression bu siz joylagan kontentni nechamarotaba boshqalar tomonidan ko’rilganligini ko’rsatib beruvchi metrika. Ba’zida sizning kontenttingiz bir inson tomonidan 5-6 barobar ko’rilsa, taasurot metrikasi buni 1 marta emas 5-6 marta deb hisoblaydi. Shuning uchun imression (taasurot) va reach (ko’rish) ni adashtirib yubormang.
Meme
Meme lar oddiy insonlar yoki hattoki katta brendlar tomonidan yaratilgan hazilomus rasm, video, yoki blog postlardir. Agar muvaffaqqiyatli ishlata olsangiz, brendingiz uchun juda foydali bo’lishi mumkin.
Reach (ko’rish) ruschada (oxvat)
Reach (ko’rish) siz joylagan kontent boshqalar tomonidan necha marotaba ko’rilganligini ko;rsatuvchi metrik.Impression(taasurot)ga qaraganda sifatliroq KPI hisoblanadi, sababi bir inson kontentni 5-6 marotaba ko’rsa, har bir marta ko’rilganni emas balkim 1 marta deb hisoblaydi va aniqroq analiz qilish uchun imkon beradi.
Social Media ROI (Ijtimoiy tarmoq ROI)
ROI bu har bir sarflangan vaqt, energiya, yoki pul nisbatini qaytimiga aytiladi. Ijtimoiytarmoqlarda ham har bir sarflangan narsadan qancha qaytim bo’lganini hisoblash mumkin.ROI%= (Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan daromad - Ijtimoiy Tarmoqlarga sarflangan harajat)/(ijtimoiy daromad narxi)
Targeting
Targeting so’zi maqsadli auditoriyani ko’zlab, shu maqsadda ijtimoiytarmoq platformalariga pul sarflagan holda reklama aylantirishga aytiladi.
Traffic
Website yoki sahifangizga tashrif buyurganlar soniga traffic deyiladi.
4 comments